“Toshkent-1” jamoasi qizlari regbi bo‘yicha O‘zbekiston chempion
Navoiyda regbi bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Unda poytaxtning “Toshkent-1”, “Toshkent-2”, Navoiy va Samarqand viloyatlari jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, poytaxtning “Toshkent-1” jamoasi birinchi, navoiyliklar ikkinchi va “Toshkent-2” jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.
Viloyatimizda mazkur sport turini yanada rivojlantirish uchun barcha sharoitlar mavjud, – deydi O‘zbekiston regbi federatsiyasi Navoiy viloyati bo‘limi ijrochi direktori Elyor Hayitov. – Prezident rahnamoligida sportning ommaviyligini ta’minlashga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida xalqaro miqyosda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir navoiylik yoshlar safi tobora kengayib borayotganidan faxrlanamiz.