To‘y bo‘lmasdan ajralish: Munisa va Jasur! To‘y bo‘lmaydi!
Munisa Rizayeva xamda Jasur G‘oyipovning to‘yi xaqidagi xabar
va o‘sha qo‘l so‘rash marosimidan suratlar instagramdan birdan g‘oyib bo‘ldi. "Varrak-shou"da Munisa o‘sha marosimdan videoni bizlarga ko‘rsatgandi
va to‘y xamda ularning qaynoq munosabatini xam tasdiqlagandi.
Bugunga
kelib ular ikkisi xam suratlarni instagramdan o‘chirgan va san’at olamidagi vakillarning
aytishicha, aslida Jasur Munisani bir ko‘rishda yoqtirganu shartta uylanaman degan.
Munisa xam rozi bo‘lganmish, ammo to‘y borasidagi xarajatlardan Jasur yoqa ushlaganmish.
Munisaning kelinlik libosi judayam qimmatlik qilarmish...mish mish mish... mish
mishlar ko‘p!
Munisaga to‘y qoldirish xaqidagi tarqalgan mana shu sabablar
xaqida so‘raganimda , bu xammasi kulgulik ekanligi va yaqin kunlar videosi bilan
saytimizga intervyu berib, barchasiga oydinlik kiritishiga va’da berdi deya habar beradi Sayyod nashri!