Amerika tibbiyot mutaxassislari tepakallikdan xalos bo‘lishning o‘zi xos usulini topishdi, deb xabar berdi Dni24.com nashri.
Olimlar oshqozon-ichak traktida muammosi bor sichqonlarni o‘rganishganda, ma’lum bo‘ldiki, bunda stress gormonlari yosh o‘tgan sari ko‘plab ishlab chiqarilar ekan. Natijada esa badandagi tuklar to‘kila boshlaydi. Laboratoriya sinovlari davomida atressin-V ikkinchi darajali kimyoviy birikmasi ishlab chiqildi. Bu birikma tuklari to‘kilib ketgan sichqonlarga in’eksiya qilinganda, uch oydan so‘ng ularning tuklari yana qaytadan o‘sa boshlagan.
Olimlar ushbu topilmani kelgusida soch to‘kilishga qarshi qo‘llashni rejalashtirishdi.