Koreyalik mashhur aktrisa Li Yon E Qo‘qon shahrida kosmetika zavodini qurishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shu haqda Telegram’dagi «Uzbek students in Korea» kanali xabar tarqatgan. «Tangem Qo‘qon shahrida kosmetika zavodini qurishga hozirlik ko‘rmoqda. Shu masalada elchixonamiz va Qo‘qon shahar hokimligi bilan muzokara olib borilmoqda. Bekorga yaqinda ko‘rishamiz, deb murojaat qilmagan ekan-da», — deyiladi xabarda. Eslatib o‘tamiz, aktrisa yaqinda o‘zbekistonliklarga videomurojaat yo‘llagan va unda: «O‘zbekistonga borib, sizlar bilan uchrashishni intiqib kutyapman! » — deyilgan.