Talabalarga shartnoma pulini to‘lash muddati uzaytirildi
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2019 yil 25 martdagi 16-son bayoni bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriati va magistraturasida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga 2018/2019 o‘quv yili uchun shartnoma to‘lovlarining ikkinchi yarmini to‘lash muddati joriy yilning 15 apreliga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.
Ma’lumot uchun, avvalgi tartib bo‘yicha to‘lov shartnoma to‘lash muddati 1 martgacha etib belgilangan edi.