Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov brifingda "Talabalarga o‘qish qachon boshlanadi?" degan savolga javob qaytardi. Talabalarga o‘qish bugungi kundagi koronavirus infeksiyasi xavfi pasayib, dars o‘tish va jamoviy tadbirlarni o‘tkazishga doir xavf-xatarlar bartaraf etilganidan keyin boshlanadi. Bu jarayon albatta ommaviy axborot vositalari orqali tegishli vazirlik va idoralar tomonidan e’lon qilinadi, dedi u.