O`zbekiston televideniesi rivojiga katta hissa qo`shgan ijodkor, taniqli suxandon, “MY5” telekanalidagi “Diydor shirin” ko`rsatuvi muallifi va boshlovchisi Nasiba Maqsudova insultni boshdan kechirdi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, Nasiba Maqsudova Yangi yil bayrami oldidan suratga olish ishlaridan qattiq toliqqan, so`ng shifoxonaga tushgan. Ayni damda diktorning salomatligi joyida. U Toshkentdagi shifoxonalardan birida davolanmoqda.
Ma`lumot uchun, Nasiba Maqsudova 1948 yilda tavallud topgan. Uzoq yillar O`zbekiston milliy tederadiokompaniyasida faoliyat yuritgan.
Tarona.net” jamoasi nomidan Nasiba Maqsudovaga mustahkam sog`lik tilaymiz.