Suriya armiyasi jangchilari va xalq qo‘shinlari otryadlari Palmira shahrini to‘liq ozod etdi, deya xabar bermoqda “TASS” Suriya qurolli kuchlari qo‘mondonligi vakiliga tayanib.
“Qo‘shinlarimiz shahar ustidan to‘liq nazorat o‘rnatdi va IShID terrorchilarining chekinayotgan guruhlarini ta’qib qilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Suriya qurolli kuchlari qo‘mondonligi vakili aytishicha, Suriya qo‘shinlari Palmira sharqidagi harbiy aerodromni egalladi. U yerda IShID guruhi terrorchilarining so‘nggi tayanchi joylashgan bo‘lgan.
“Terrorchilarning qolgan guruhlari As-Suxna vohasiga qarab sharqqa chekinmoqda. Qo‘shinlar dushmanni ta’qib etmoqda va ularga talafot yetkazmoqda”, — deya ta’kidladi u.