Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Sudlanganlikni qanday olib tashlash mumkin?


Ushbu maqola sudlanganlik holati, sudlanganlik muddatining, sudlanganlikni olib tashlanishi haqida savol-javob shaklida qisqa ma’lumot beradi.

Sudlanganlik nima?

Sudlanganlik - shaxsning sodir etgan jinoyati uchun hukm etilganligidan kelib chiqadigan huquqiy holat.

Shaxs qachon sudlangan deb hisoblanadi?

Faqatgina jazo tayinlangan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab shaxs sudlangan deb hisoblanadi. Sud tomonidan jazodan ozod qilingan shaxs sudlanmagan deb hisoblanadi.

Sudlanganlik holati qachon tugaydi?

Shaxsning sudlanganlik holati quyidagi paytlarda tugallanadi:

shartli hukm qilinganlarga nisbatan - sinov muddati tugagan kundan boshlab;

majburiy jamoat ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish tarzidagi jazolarini o‘tab chiqqach;

jarima jazosi ijro etilgan kundan keyin, shuningdek muayyan huquqdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazolari o‘talganidan keyin bir yil o‘tgach;

ozodlikni cheklash jazosi o‘talganidan keyin - ikki yil o‘tgach;

besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin - to‘rt yil o‘tgach;

besh yildan ortiq, lekin o‘n yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin - yetti yil o‘tgach;

o‘n yildan ortiq, lekin o‘n besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin - o‘n yil o‘tgach.

Sudlanganlik holatining tugash muddati o‘tmasdan turib olib tashlash mumkinmi?

Ha, mumkin. Buning uchun quyidagi harakatlar amalga oshirilishi kerak:

shaxs ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tab bo‘lganidan keyin unga nisbatan ma’muriy jazo yoki intizomiy ta’sir choralari qo‘llanilmagan bo‘lishi kerak;

yuqorida sanalgan muddatlarning kamida yarmi o‘tgan bo‘lishi kerak;

jamoat birlashmasi, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organi, jamoa yoki jazoni o‘tab chiqqan shaxsning o‘zi sudga sudlanganlikni olib tashlash haqida iltimosnoma bilan murojaat qilishi kerak.

Shuningdek, Jinoyat kodeksining 178 - 184, 185, 185-2, 189-192-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlik uchun hukm qilingan shaxslarning sudlanganligi ular davlatga juda ko‘p zarar yetkazmaganda, yuqorida sanab o‘tilgan muddatlarning kamida to‘rtdan bir qismi o‘tganidan keyin sud tomonidan olib tashlanishi mumkin.

Sudlanganlik afv etish yoki amnistiya akti asosida ham olib tashlanishi mumkin.

Sudlanganlikni olib tashlash to‘grisidagi iltimosnoma qaerdagi sudga beriladi?

Qoida tariqasida, ushbu iltimosnoma sudlangan shaxs yashab turgan tuman (shahar) da joylashgan jinoyat ishlari bo‘yicha sudga beriladi va shu sudning sudyasi sudlanganlikni olib tashlash masalasini hal qiladi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2526 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Sudlanganlik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:28
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное