Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin AQShlik aktyor va prodyuser Stiven Sigalga Rossiya fuqaroligini berish bo‘yicha buyruqqa imzo chekdi, deb yozadi “Day.az”.
Ayni xabar dastlab xukumatning rasmiy saytida berilgan.
1952 yilning 10 aprelida Amerika Qo‘shma Shtatlari tug‘ilgan Sigal Stiven Frederik Rossiya Federatsiyasi fuqaroliliga qabul qilindi, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, aktyor Stiven Sigal shu yilning sentabr oyida Janubiy Saxalinga, “Dunyo chekkasi” halqaro kinofestivali munosabati bilan mehmon sifatida kelgandi. O‘shanda OAVga bergan intervyusida u Saxalinda biznes qilishga qulay sharoit ko‘p ekani, kelajakda Rossiya fuqaroligini olishi mumkinligi haqida aytgandi.
Umida Yakubova