Qanday mashg’ulot sizni ko’proq qiziqtiradi? Arzimas ko’ringan kichik «hobbi”ngiz tufayli kelajakda katta mavqe’ga erishishingiz yoki suygan mashg’ulotingizga e’tibor bermay, bir umr yoqtirmagan ishingiz bilan shug’ullanib o’tishingiz mumkin. Buning oldini olish uchun quyida taklif etilayotgan mulohazalarni diqqat bilan o’qing. Ma’qul kelganini «+” bilan belgilang.
1. Menga spektaklni tomosha qilishdan ko’ra, unda ishtirok etish yoqadi.
2. Xonaki hayvonlar boqishni yaxshi ko’raman.
3. Hamma ishni o’zim qilgim keladi.
4. Telefonda suhbatlashish – mening sevimli ishim
5. Har qanday sharoitda ham o’z fikrimda qolishga harakat qilaman.
6. Jamoada ishlashni xush ko’raman.
7. Tabiat bilan jiddiy qiziqaman.
8. Ish kundaligimga ko’pincha rasm chiqaman
9. Mening yozuvim chiroyli
10. Kuygan chiroqni oson almashtira va tuzata olaman.
11. Atrofdagilar meni optimist deb hisoblashadi.
12. Biror narsa yasashni yaxshi ko’raman.
13. Qo’limga ilingan har qanday texnikani kavlashtirib, ichidagi temir-tersaklar qanday joylashganini bilishga qiziqaman.
14. Ish stolim yog’ tushsa yalagudek toza va tartibli turadi.
15. Ko’pincha hayol surib, tasavvurimda nimalarnidir kashf qilaman.
16. Krossvordlar yechishga yaxshigina qobiliyatim bor.
17. Devorga u – bu narsa osish uchun birovga yalinib o’tirmayman. Mix va bolg’ani o’zim ham bemalol ishlata olaman.
18. Jamoa bo’lib o’ynaladigan sport turlari ko’proq e’tiborimni tortadi.
19. Aniq fanlar – men uchun
20. Insonlarga yordam berish uchun yaralganman.
21. Menda biror muammo paydo bo’lsa, maslahat so’rashdan tortinmayman.
22. Imkon qadar mustaqil bo’lishga harakat qilaman.
23. Hech kimga tobe bo’lmay ishlashni ma’qul ko’raman.
24. Menga nafas siqadigan xonada emas, tabiat qo’ynida bo’lish ko’proq yoqadi.
25. Maktabda boshqa fanlarga qaraganda biologiyadan yaxshi o’qirdim.
26. Meni olifta deb hisoblashadi.
27. Hech kimga aytolmagan fikrlarimni kundalikka tushiraman.
28. Siyosiy arbob bo’lishni orzu qilaman.
29. Ensiklopediya o’qish – sevimli mutolaam
30. Ko’pincha atrofdagilarga maslahat beraman.
L H P A K
2 1 24 25 28
4 26 12 16 22
6 15 17 29 30
18 11 3 7 5
20 8 19 13 14
21 27 23 10 9
Sizga manzur bo’lgan mulohazalarni ushbu jadvaldagi raqamlar ustidan belgilang. Har bir ustundagi belgilangan raqamlar sonini sanab chiqing. So’ng qaysi ustundagi sonlar ko’proq belgilanganiga qarab, qayerda nima bilan shug’ullanishingiz mumkinligini aniqlashingiz mumkin.
L – siz odam taniy olasiz. Sershovqin davralarda bo’lishni yoqtirasiz. Yaqinlaringiz sizga telefonda yotvolib suhbatlashadigan va hech kimga gap bermaydigan inson deb ta’rif berishadi. Maktabda siz doim tashkiliy ishlar boshida turgansiz. O’shandan buyon tantanali marosimlar hayotingizda muhim o’rin egallagan. Shuning uchun hech ikkilanmay aytish mumkinki, odamlar bilan ishlash aynan siz uchun.
Qanday kasblarni tanlashingiz mumkin? Reklama vakili, menejer, prodyuser, psixolog, vrach, o’qituvchi, jurnalist.
H – didingiz nozikligi hammaga ma’lum. Shuning uchun atrofdagilar doim sizga quloq soladi. Miyangizda misli ko’rilmagan g’oyalar g’ij-g’ij. Hamisha yangi latifa yoki qiziq hikoya aytib bera olasiz. Sizni hayol surib o’tirgan holda tez-tez uchratish mumkin, chunki haqiqiy ijodkorsiz.
Qanday kasblarni tanlashingiz mumkin? Dizayner, san’atkor, vizajist
P – biror ishni boshlashdan avval, hammasini aql tarozisida o’lchab ko’rmaguncha ko’nglingiz joyiga tushmaydi. Yo’lingizda nimaiki uchrasa, uni san’at asariga aylantirishga intilasiz. Qo’lingizga tushgan har qanday narsa g’aroyib shakl kasb etadi. Sizdagi bu ishtiyoq, ayniqsa, tabiat qo’ynida ikki karra ortadi. Shuning uchun toza havoda ko’proq bo’lishingizga imkon beradigan soha – toza havoda ko’proq bo’lishingizga imkon beradigan sohani tanlab, sehrli qo’llaringizni istagancha ishga soling.
Qaysi kasblarni tanlashingiz mumkin? Fitodizayner, kosmetolog, inter’er bo’yicha dizayner, fermer, veterinar, arxitektor, trener.
A — har qanday narsani tuzata oladigan odam sifatida mashhursiz. To’g’ri-da, necha marta qo’lingizga tushgan buyumlarni ochib ko’rib, qismlarga ajratib chiqqansiz. Qiziquvchanligingiz ajoyib burningizni har joyga suqishingizga undaydi. Bundan siz hech hijolat tortmaysiz. Chunki sizni barcha yangi va noma’lum narsalar o’ziga ohanraboday tortadi.
Qaysi kasblarni tanlashingiz mumkin? Xususiy izquvar, psixoamalitik , yurist, marketolog, ekolog, tekshiruvchi, sinovchi.
K — sizda yetakchi bo’lishga hamma narsa bor. Ehtimol, maktabda sinf sardori yoki o’quv komitetining raisi bo’lgandirsiz. Atrofdagilarga ta’sir o’tkazish va tashkiliy ishlarga jalb qila olish qobiliyatingiz tufayli misli ko’rilmagan cho’qqilarni zabt etishingiz mumkin. Siz uchun eng yaxshi yo’l – rahbarlik.
Qaysi kasblarni tanlashingiz mumkin? Siyosatchi, korxona egasi, advokat, firma direktori, prezident.