Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Jumong-soundtreck
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Ishq Jodusi-soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Sirdaryoda harom o‘lgan mol go‘shtini sotgan shaxslar qo‘lga olindi


Sirdaryoda harom o‘lgan mol go‘shtini sotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

5-fevral kuni Mirzaobod tumanida yashovchi Sadriddin Alibekov dalada zovurga tushib ketib, o‘lgan qoramolini qassobchilik bilan shug‘ullanuvchi R. Elibayev yordamida so‘ydirib, uyiga olib kelgan.

S. Alibekovning iste’molga yaroqsiz, arzon narxli mol go‘shti borligidan xabar topgan gulistonlik S. Saibov go‘shtni sotib olish taklifini aytib, 6-fevral kuni taxminan 100 kilogramm go‘sht mahsulotlarini 700 ming so‘m evaziga sotib olgan.

S. Saibov go‘shtni uyiga olib kelganidan so‘ng shu kuning o‘zida 39 kilogrammini qiyma go‘sht savdosi bilan shug‘ulanuvchi A. Bakiyevga 28 ming so‘mdan sotgan.

Bundan tashqari, shu kuning o‘zida iste’molga yaroqsiz 11 kilogramm go‘shtni Guliston shahar Bahor mahallasidagi choyxonalardan biriga borib, choyxonaning ish yurituvchisi Badriddin Ergashevga uning yaroqsiz ekanligini aytmasdan 27 ming so‘mdan sotgan.

Olib borilgan tezkor tadbir davomida 6-fevral kuni A. Bakiyevning go‘sht qiymalash xonasidagi muzlatgichda 39 kilogramm mol go‘shti, S. Saibovning uyi omborxonasida 24 kilogramm go‘shtdan ajratilgan suyak va omborxonadagi muzlatgichda 42 kilogramm go‘sht mahsulotlari hamda B. Ergashevning ish yurituvidagi choyxonani ichida joylashgan muzlatgichidan 11 kilogramm go‘sht ashyoviy dalil sifatida olingan.

Holat yuzasidan S. Soibov, A. Bakiyev, B. Ergashevlarga nisbatan JKning 186-moddasi 1-qismi jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘rsatib o‘tilgan fuqarolarning ism va shariflari o‘zgartirilib yozilgan.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3496 | Рейтинг: 0| Рейтинг: harom o‘lgan, mol go‘shti
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное