Jon xalqumga asta kelibdi,
Taqdir haqdir, neki bilibdi.
«Mahallada duv-duv gap», do‘stlar,
Shuhrat Abbos qazo qilibdi.
Buyuk zotlar bir-bir ketyapti,
Qazo kelib, qadar bityapti.
Ko‘zda yoshim. Atrofga boqdim,
Xulosa bir: umr o‘tyapti.
Nurli bo‘lsin endi manzillar,
Mahzun boqar samimiy dillar.
Endi gullar qo‘ynida yotsin,
Umrin quchdi «olovli yo‘llar»,
O‘ta azob, sinovli yo‘llar.
Yer to‘larmish, fazo kulibdi,
Kim savobni jazo bilibdi.
Xiralashdi oinai jahon -
Shuhrat Abbos qazo qilibdi.