Shohrux repper nega siyosatga qadam qo‘ydi? buni o‘zi izohladi!
O‘zbek shou biznesida rep yo‘nalishiga asos solgan Shohrux 2017 yildan boshlab siyosiy sohada faollashdi. Ayni kunlarda u, O‘zbekiston Liberal Demokratik partiyasiga a’zosi. Bunday qaror qabul qilishiga nima sabab bo‘ldi? Savolimizga aniq javobni bilish maqsadida uning o‘zi bilan bog‘landik.
— Shu kungacha jurnalistlarga bergan deyarli barcha intervyularimda, xonandalik men uchun shunchaki, xobbi ekanini ko‘p bora ta’kidlaganman. Erkak kishiga 40 hunar oz, deb bekorga aytishmaydiku.
Ta’lim olgan yo‘nalishimda ishlashni istadim. Ilk qadamlar ham tashlandi. O‘tgan yilning so‘nggida o‘tkazilgan deputatlik saylovida Sanakulov Umid Quvondiqovich ishonchli vakili sifatida ishladim. Bundan keyin ham tajriba, bilim va dunyo qarashimni kengaytirib, o‘rganganimni xalqim uchun safarbar qilmoqmoqchiman.