Shohjahon Jo`raev ko`rinishiga o`zgartirish kiritishga qaror qildi. Ayni kunlarda yakkaxon konsertiga tayyorgarlik ko`rayotgan Shohjahon 2016 yilning yakuniga qadar mutlaqo yangi yo`nalishdagi qo`shiqlari joy olgan “1009” deya nomlangan musiqiy to`plam ustida ham ish boshlab yuborgan.
Xonanda ushbu albomdan o`rin olishi kutilayotgan taronalardan biri “Go`zalim”da mutlaqo yangi imidjda namoyon bo`lishga qaror qildi. Ayni paytda yangi klipning montaj ishlari boshlangan.
Xonandaning “Kim edigu, kim bo`ldik” deb nomlangan yakkaxon konserti joriy yilning 20-21-22 oktyabr kuni “Istiqlol” san`at saroyida bo`lib o`tdi.