Sherali Jo‘rayev intervyu davomida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti bilan ko‘p marotaba hamsuhbat bo‘lganini so‘zlab berdi.
Yurtboshimizning vafoti barchamiz uchun og‘ir musibat bo‘ldi. Chunki ul zot mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi edi. Yurtimizni istibdoddan xalos etib, oyoqqa turishini ta’minladi. Men u kishi bilan ko‘p marotaba hamsuhbat bo‘lganman. Ko‘p safarlarga birga chiqqanmiz. Ayniqsa, marhum Yurtboshimiz bilan Makkai Mukarramada, muborak Ka’batullohning ichiga kirganimiz aslo esimdan chiqmaydi.
Sherali Jo‘rayev, O‘zbekiston xalq artisti
San’atkorning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Birinchi Prezidenti “butun hayotini shu xalq, Vatan uchun baxshida qildi”.
U kishining juda ko‘p xislatlari, fazilatlariga guvoh bo‘lganman. Insonning qandayligini bir qarashda bilardilar. Hamisha uzoqni ko‘zlab, aql-zakovat bilan ish tutdilar. Joylari jannatda bo‘lsin.
Sherali Jo‘rayev, O‘zbekiston xalq artisti