Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasida O‘zbekiston yoshlari xalqaro assotsiatsiyasini tuzishni taklif qildi, deb xabar berdi “Telegraf.uz”
Yoshlar haqida gap ketganda, men doim bir narsani o‘ylayman. Mana, bugungi kunda qancha-qancha yoshlarimiz chet ellarda ta’lim olmoqda, mehnat qilmoqda. Albatta, ularning orasida o‘z yo‘lini topib, begona yurtda hech kimdan kam bo‘lmay yashayotganlari ham ko‘p. Lekin Vatan sog‘inchi har qanday odamni ham qiynaydi. Shuning uchun ular bilan doimo aloqa o‘rnatish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, yurtimizga qaytish istagida bo‘lganlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni kuchaytirishimiz zarur.
Shu maqsadda O‘zbekiston yoshlari xalqaro assotsiatsiyasini tuzish va uning samarali faoliyat yuritishi uchun tegishli sharoit yaratib berishimiz kerak.
Shavkat Mirzoyoyev, O‘zbekiston Prezidenti