Xonanda Shahzoda o‘zining Instagram`dagi sahifasida muxlislarini aldanib qolmaslik haqida ogohlantirdi.
Uning ma’lum qilishicha, noma’lum shaxslar xonanda Shahzodaning 2016 yil 27 avgust kuni Germaniyaning Gamburg shahrida konsert berishi haqidagi yolg‘on ma’lumotlarni tarqatmoqda.
Shahzoda ijtimoiy tarmoqqa quyidagi suratni joylab, “Bu yolg‘on xabar” deya izoh qoldirdi.