Shahzoda: — Estrada yo‘nalishidagi ijod 2017 yilda samarali bo‘ldi. Hamkasblarim Yulduz Usmonova, Gulsanam Mamazoitova, Yulduz Turdiyev, Ulug‘bek Rahmatullaev, Ziyoda Qobilova, Shohruhxon, Nilufar Usmonova, Munisa Rizayeva, Umidaxon juda faol ishlashdi. O‘zimga kelsak, to‘g‘ri “umri” yillarga yetadigan “xit”lar taqdim etmagandirman. Lekin juda ko‘p qo‘shiq yozdim va hammasini ham muxlislarga havola qilmadim. 2018 yilda ham rejalarim talay, gastrollar juda ko‘p bo‘ladi. Albatta yangi qo‘shiqlar ham. Buning uchun avval yaxshilab dam olishim kerak.
Eslatib o‘tamiz, Shahzoda yaqindagina Arab Amirliklarining Dubay shahridan qaytdi. Yangi yilni o‘sha yerda kutib olgan xonanda ayni kunlarda ijodiy yangiliklar taqdim etishga bel bog‘lagan.