Shahzoda: “uydan uzoqdaligimda meni uning suratlari qutqaradi”
Xonanda Shahzoda ayni damda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Biz–buyuk yurt farzandlarimiz!” shiori ostidagi yoshlar festivalida ishtirok etmoqda.
U o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali muxlislarining uydan uzoqda payti kichik o‘g‘lini sog‘inishi haqidagi savoliga quyidagicha javob berdi:
“Uydan uzoqda paytim meni 1000 marta tomosha qiladigan uning ishtirokidagi suratlar va videolar, uyga qo‘ng‘iroqlar qutqaradi. U men bilan telefonda suhbatlashishni o‘rgangani qanday baxt! Siz mendan uni sog‘inmaslikni qanday o‘rganganim haqida so‘raysiz. Meni bu savolga javob bera oladi, deb o‘ylaysizmi?”