Shahzodaning "Instagram"dagi sahifasida joylangan quyidagi so‘zlari e’tiborimizni tortdi.
“Hamma narsaning hayotda o‘z vaqti bor va shu belgilangan vaqtda hamma narsaga ulgurib qolish kerak. Hech qachon shunchaki do‘stlar deb aytmang, do‘stlar shunchaki bo‘lmaydi.
“Seni sog‘ina boshladim” filmini barchaga tomosha qilishni tavsiya etaman. Film haqiqattan ham diqqatga sazovor”.
2015 yil Buyuk Britaniya kinoijodkorlari tomonidan yaratilgan mazkur filmda bosh rollarni Dryu Berrimor, Toni Kollett, Dominik Kuper, Peddi Konsidayn, Tayson Ritterlar ijro etgan. Film rejissyori Ketrin Xardvik.
Film sentabr oyida taqdim etilgan bo‘lib, uning kassa yig‘imi 1,1 million AQSh dollarni tashkil qilgan.