O‘zbek estradasining yorqin yulduzi Shahzoda 2 may kuni Nukus shahridagi "Amfiteatr"da konsert berish uchun Nukus shahriga yetib keldi.
Shu kuni xonanda "Nukus FM" radiosiga tashrif buyurib, boshlovchi Gulzira Yembergenovaning savollariga javob berdi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri efir davomida Shahzoda bu yil "Istiqlol" san’at saroyida konsert bermasligini aytib o‘tdi.
Shuningdek u viloyatlarga gastrol safar qilishdan oldin san’atni tark etish haqida o‘ylaganini ham ma’lum qildi.
Boshlovchining "Shahzoda qanday ona?" degan savoliga, xonanda bolalari bilan do‘st ekanligini, qattiqqo‘l bo‘lishni xohlasa ham, bunday bo‘la olmasligini, katta o‘g‘li bilan juda yaqin do‘st ekanini va o‘g‘lining onasidan yashiradigan siri yo‘qligini ham ta’kidlab o‘tdi.
Ma’lumot uchun, bugun Shahzodaning Nukus shahridagi konserti soat 18:00 da boshlanadi.