Yaqinda Moskva shahrida liboslar to‘plami bilan qatnashgan dizayner va xususiy filmlar orqali tanilgan Shahzoda Muhammedova nafaqat moda olami vakili Vyacheslav Zaysevni, balki arxitektorlardan birini ham e’tiborini qozongan ko‘rinadi.
Shahzoda Toshkentga qaytgach, Moskvada arxitekorlik bilan shug‘ullanadigan Murod ismli yigitdan sovchi kelgan. Ko‘rib turganingizdek, oq o‘rar bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, yigit arxitektorlik bilan shug‘ulanibgina qolmay, "Showmaker" va aktyor hamdir.
Aktrisaning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Murod, Manzuraning "Tavba qildim" klipida suratga tushishga ham ulgurgan.
Fursatdan foydalanib, Shahzoda Muhammedovaga oilaviy baxt tilaymiz!