Shahzoda: “Hozirgi kunda Sevgi faqat qo‘shiq va so‘zlardagina mavjud”
Shahzoda sevgi-muhabbat haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
U o‘zining Instagram`dagi sahifasida quyidagi so‘zlarni yozib qoldirdi:
“Sevgi haqida hamma gapiradi. Ammo,bizning davrimizda sevgi so‘zlar va qo‘shiqlardagina bor, xolos. Real hayotda esa u juda kam uchraydi! Sevgi-muhabbatning asl mohiyatini anglab yetish uchun inson o‘z tuyg‘ularini mukammallashtirish yo‘lini bosib o‘tishi lozim”.
Xonandani sevgi haqida bunday fikrlashga nima majbur qilgani bizga qorong‘u. Har bir ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi o‘z sahifasiga ichki ruhiy holatidan kelib chiqib, post yozishini inobatga oladigan bo‘lsak, xonanda nimadandir qattiq ta’sirlanganini taxmin qilish mumkin. Yana kim biladi,deysiz?!