Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Muhabbat tafti - Meri Aankhon Mein
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Yoz Ifori - Soundtreck2
. Ishdagi Ishq - Песнка о погоде
. Merlin-Soundtreck
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Klon-soundtreck
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Shahnoz Ruslan Sharipovning suratlarini tarqatish tubanlik ekanini aytdi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali O‘zbekistondda xizmat ko‘rsatgan artist Ruslan Sharipovning suratlari tarqalganini, bu suratlarda xonandaning ancha kekaygani, avvalgi qiyofasini deyarli yo‘qotgani haqida yozgan edik. Mazkur maqolada biz Sharipovni kamsitmadik, ba’zi OAVlar singari uning bugungi turmush tarziga “ayanchli”, deb baho bermadik. Aksincha, Ruslan Sharipovdan ko‘p va xo‘p foydalangan san’atkorlar uni yana ijod olamiga qaytarishga, uning tajribasida o‘zbek estradasi rivoji uchun foydalanishga harakat qilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi degan taklifni o‘rtaga tashlagan edik.
 
Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan suratlar haqida OAVlarda turli maqolalar chop etildi. Og‘ziga kuchi yetmaganlar “Ruslan Sharipovning ayanchli suratlari tarqaldi”, deb bong urdi. Bularga nisbatan taniqli san’atkorlar, aktyor, bastakor va xonandalar ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalari orqali javob qaytarishdi. Birinchilardan bo‘lib aktyor Alisher Uzoqov Sharipovning suratlarini ko‘rgach, yomon ahvolga tushganini yozib qoldirgan bo‘lsa, Bobur Yo‘ldoshev uning suratlarini muhokama qilishga hech kimning haqqi yo‘qligini aytdi. Xonanda, bastakor va shoira Shahnozning fikrlari esa e’tiborimizni tortdi.
 
“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ruslan Sharipov doim hurmat va ardog‘imizda. Bu inson o‘zbek estradasiga juda katta hissa qo‘shgan. U yaratgan qo‘shiqlar har birimizga juda yaqin va yod bo‘lib ketgan. Shu bastakor va xonandaning ijtimoiy tarmoq orqali tarqalgan suratlari muallifi, ya’ni qadamlarini poylab rasmga olgan odamni, “Bu ahvoldagi rasmni tarqatish yaxshimas, nima keragi bor?”, demagan odamni kim yoki nima deyish mumkin? Shu ulug‘ kunlarda Yaratgandan qo‘rqmasdan, uch qiz, hatto, bitta nabirasi bor demasdan, rasmlarini mazah qilib tarqatish – bu men uchun eng tubanlik va pastkashlikdir”, deb yozadi xonanda, bastakor va shoira Shahnoz.
 
Shahnozning yozganlarida jon bor. Haqiqatan ham Ruslan Sharipovga bugun kechagidan ko‘proq dalda kerak. Muxlislarning ishonchi, u haqidagi iliq fikrlar, xonandalarning ma’naviy va moddiy yordami uni yana san’atga, o‘zi uchun jonajon ijod olamiga qaytara olar.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 10890 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Ruslan Sharipov, Shahnoz
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное