Sevara Solieva: “To`rt nomzod ichidan eng munosibiga ovoz berdim”
Aktrisa Sevara Solieva saylovdagi ishtiroki va bu siyosiy jarayonning yurtdoshlarimiz hayotidagi ahamiyati haqida gapirdi.
Sevara SOLIEVA, aktrisa:
— Men Sergeli tumanidagi 335-saylov uchastkasida ovoz berdim. Ota-onamning uyi ana shu tumanda. Bugun ko`tarinki kayfiyatda uyg`ondim. Oila a`zolarim bilan vaqtli borib o`z fuqarolik burchimizni bajardik. Meni quvontirgani odamlarning bayramona kayfiyatda bo`lganidir. Saylov uchastkalari juda gavjum. Bugungi saylovda saylovchilar o`zlariga kerakli nomzodga ovoz berishyapti. Hamma o`z kelajagiga qayg`urgan holda, O`zbekistonimiz kelajagi uchun ovoz beryapti. Bugun O`zbekistonimiz taqdiri hal bo`lyapti. To`rt nomzod ichida albatta yurtimiz uchun fidoiy, jonkuyar nomzod g`olib bo`ladi.