Sergey Lavrov G‘arbning dominionlik davri tugagani haqida aytdi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov siyosat va iqtisodiyotda g‘arb davlatlarining yetakchilik qilish davri tugaganini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda RIA «Novosti» nashri xabar tarqatdi.
«Biz g‘arbning yetakchilikni saqlab qolish uchun sun’iy yo‘ldan borayotganini ko‘rib turibmiz. Jumladan boshqa davlatlarga zo‘rlik qilish, ularga nisbatan sanksiyalar e’lon qilish va hattoki qurolli kuchlar orqali tahdid qilish kabi xalqaro xuquq va BMTning ustavi talablarini buzish orqali bunga intilmoqda. Bu xalqaro aloqalarning tartibsizligini keltirib chiqaradi», deydi Lavrov.
Manbada yozilishicha, bunday chiqishni vazir tashkil etilgan forumlarning birida so‘zlagan nutqida ta’kdlab o‘tgan.