Obro‘li insayder Evan Blass Internetda Samsung Galaxy S9 flagman smartfoni rasmiy taqdimotining taxminiy sanasini e’lon qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Blogerning so‘zlariga ko‘ra, gadjet 26-fevral kuni Barselonadagi MWC 2018 ko‘rgazmasi doirasida taqdim etiladi.
Bloger, shuningdek, qurilmaga oldindan buyurtmalar 1-mart kuni ochilishi, 16-martdan esa smartfon do‘konlarda paydo bo‘lishi mumkinligini aytdi.
Shu bilan bir vaqtda Braziliya aloqa agentligi hujjatlarni e’lon qildi, ularda gap qurilma akkumulyatori sig‘imi haqida boradi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, Galaxy S9 lineykasidagi kichik versiya 3000 mA/soat, kattasi esa 3500 mA/soat sig‘imga ega bo‘ladi.
Smartfonning tashqi ko‘rinishi avvalgi modellardan tubdan farq qilmaydi. Faqat barmoq izi skanerining joylashuvi o‘zgaradi, xolos — u endi kamera modulidan pastda bo‘ladi.
Shuningdek, smartfonning katta modeli qo‘sh kamera bilan jihozlanadi, unda ikkinchi modul tasvirni ikki karra optik kattalashtirish uchun ishlatiladi.