Estrada olami vakillari ham internetga borgan sari ko'proq intilmoqdalar, ko'proq qiziqish bildirmoqdalar. Buning isboti sifatida shou-biznes vakillari ham o'z rasmiy saytlarini ketma-ketlik bilan taqdim etayotganliklarini ko'rsatishimiz mumkin. Navbatdagi rasmiy sayt yosh estrada guruhi "SaMRaS"ga mansub.
"COOL" - dizayn studiyasi tomonidan tashkil etilgan navbatdagi sayt www.samras.uz manzilidan o'rin oldi va undan 6ta sahifa, 2 tilda o'rin oldi. Yangiliklar, Biografiya, Audio, Video, Foto va Fan-klub kabi sahifalarni o'z ichiga olgan mazkur sayt dizayni va ishlash sistemasi boshqa saytlarnikidan biroz farq qiladi. Kirib o'zingiz baho berishingiz mumkin...