Turmushga chiqqanidan so‘ng ijodida bir oz tanaffus qilgan Ruxshona muxlislar nazaridan san’atni tark etgandek taassurot uyg‘otdi... Aslida esa turmush o‘rtog‘i Sanjar Matkarimov bilan birgalikda ijodini davom ettirishni maqsad qilgan xonanda shijoat bilan yangi qo‘shiqqa qo‘l urdi. Qo‘shiq nomi “Shekilli” deb nomlanib, tez orada muxlislarga yangi yil tuhfasi tarzida taqdim etiladi.