Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Rustam Azimovga yana ikki sohaga rahbarlik qilish vazifasi yuklatildi


O'zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat MirziyoYevning 13 sentyabrdagi farmoni bilan O'zbekiston bosh vazirining birinchi o'rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov rahbarlik qiladigan kompleks mas`ul bo'lgan sohalar soni oshdi. Bu haqda O'zbekiston hukumati portali habar bergan."2016 yil 13 sentyabrdagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4833-son farmoniga muvofiq Azimov Rustam Sodiqovich O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari, O'zbekiston Respublikasi Moliya vaziri - Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o'zgartirishlar, horijiy investitsiyalarni jalb etish, hududlarni kompleks rivojlantirish, ta`lim va fan masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tasdiqlandi. Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari, O'zbekiston Respublikasi Moliya vaziri - Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o'zgartirishlar, horijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari lavozimidan ozod etildi", deyilgan habarda.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4091 | Рейтинг: 0| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:31
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное