Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Tu-154 halokatining asosiy sabablarini ma’lum qildi
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati jamoatchilik bilan aloqalar markazi Tu-154 samolyoti bortida terakt sodir etilganini ko‘rsatuvchi dalillar yo‘qligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Havo kemasi bortida terrorchilik akti yoki diversiya amalga oshirilishi mumkinligini ko‘rsatuvchi alomat va dalillar hozircha topilmadi”, — deyiladi xabarda.
FXXga ko‘ra, Qora dengizga samolyot qulashi ishi bo‘yicha 4 ta asosiy taxmin ko‘rib chiqilmoqda. Ular dvigatelga yot narsalarning tushib qolishi, quvvat yo‘qolishi va dvigatellar pand berishiga olib kelgan sifatsiz yoqilg‘i, uchuvchilar xatosi hamda samolyotning texnik nosozligidir. Ayni paytda bu taxminlarning barchasi sinchiklab o‘rganilmoqda.