• Amerikalik aktyor Robert De Niro yahudiy bolaning katoliklar tomonidan o‘g‘irlanishi haqidagi filmda Rim Papasi Piya IX obrazini yaratadi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda. Mazkur kartinani rejissyor Baltasar Kormakur suratga oladi. Xuddi shunday syujetga ega filmni Gollivud rejissyori Stiven Spilberg ham suratga olmoqda.
Bitta kitob motivlari asosida ikki rejissyorning bir nomdagi filmni suratga olayotgani Stiven Spilbergning prodyuser bilan kelishmovchiligi sabab yuzaga keldi.
Kartina prodyuseri Xarvi Vaynstaynning qarashlari Spilbergniki bilan to‘g‘ri kelmagach, u Kormakur bilan hamkorlik qilishga qaror qildi. Spilberg esa bu mavzuda o‘z filmini yaratishga qaror qildi.
Kormakur o‘z filmini suratga olishni 2017 yilda boshlaydi, Spilberg esa o‘sha yilning bahorida s’yomka ishlarini boshlashni rejalashtirgan.
Kartina Edgardo Mortari ismli bolaning hayoti haqida hikoya qiladi. Uni olti yoshli paytida ya’ni 1858 yilda o‘g‘irlab ketishadi.