Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Choli Qushi-soundtreck
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Qirolicha - Soundterck
. Pazanda - Sad Love
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
Главная » Файлы » ISLOM VA DIN HAQIDA

Ro‘za tutmaslik uchun qanday uzrli sabablar bor?

Muborak ramazon oyining ilk haftasi ortda qoldi. Ayni paytda yurtimiz bo‘lyba bu qutlug‘ oyning fayzu shukuhi kezib yuribdi. Ramazon oyida ro‘za bilan bog‘liq savol-javoblar har qanday mo‘min-musulmonni befarq qoldirmaydi. Ushbu sahifalarda ham aynan mazkur masalalar yuzasidan fikr yuritmoqchimiz.
Savol: Kimlar Ramazon ro‘zasini tutmaslik uchun uzrli sanaladi va uzrlar qaysilar?
Javob: Ro‘za tutish Ramazon oyida farz bo‘lsa-da, bir necha uzrlar sababli uni keyingi oylarda qazo qilib tutib berish mumkin. Kasallik, homiladorlik, emiziklilik, keksalik, hayz, nifos va safar ana shunday uzrlardandir.
Dardining og‘irlashishidan yo tuzalishining kechikishidan qo‘rqqan kasal Ramazon oyida ro‘za tutmay, so‘ng qazo qilib tutib berishi joiz. Homilador va emizikli ayollar ham ro‘za tutishlarida o‘zlariga yo farzandlariga ziyon borligidan xavf etsalar, uni keyinga qoldirishlari mumkin.
Keksalik tufayli ro‘za tutishga ojiz chol yo kampir har kuni Ramazon ro‘zasi uchun miskinga sadaqai fitr miqdorida fidya berishi lozim. Ammo ular keyinchalik quvvatga kirib ro‘za tutishga yarasalar, fidya bergan bo‘lsalar-da, qoldirgan kunlarini qazo qilib tutib beradilar.
Hayz yo nifosdagi ayol toza bo‘lgunicha ro‘za tutishi mumkin emas. Toza bo‘lganidan so‘ng Ramazon oyida qoldirgan kunlarini qazo qilib tutib beradi.
Safardagi kishi ro‘za tutishda mashaqqat bo‘lish va bo‘lmasligidan qat’iy nazar ro‘za tutmasligi mumkin. Agar safarda ro‘za tutmasa, albatta qazosini tutadi.
Qoldirgan ro‘zalar qazosi istalsa, ketma-ket yo bo‘lib-bo‘lib tutib beriladi.
RO‘ZADORLIGI ESIDAN ChIQSA...
Savol: Ba’zan ro‘zaligim esdan chiqib biror narsa yeb yoki ichib qo‘ysam, ro‘zam ochiladimi?
Javob: Ro‘zaning buzilishi bilan bog‘liq quyidagi uch xil holat kuzatiladi:  esdan chiqarish, xato oqibatida yoxud qasddan.
Ro‘za tutganligi yodida bo‘lmay, yeb-ichib qo‘ygan yoki uni buzadigan amalga qo‘l urgan kishining ro‘zasi buzilmaydi. Ro‘zadorligi esiga tushgandan so‘ng ro‘zani buzuvchi narsani (masalan, yeb-ichishni) davom ettirmasa bo‘ldi. Agar davom ettirsa, ro‘zasi buziladi va qazo lozim bo‘ladi.
Ro‘zador xato qilsa, masalan, tahorat qilayotganda og‘iz chayishda suv tomog‘iga ketib qolsa yoxud quyosh botmagan holda botdi, degan o‘yda ro‘zani ochib qo‘ysa, ro‘zasi buziladi va shu kun qazosini tutmog‘i kerak.
SAHARLIKDA UXLAB QOLSA, NIMA QILADI?
Savol:  Ba’zan  Ramazon  saharligida uxlab qolamiz. Bunday holatda ro‘zaga qanday niyat qilish kerak?  Biror  narsa yeb olish lozimmi? Chunki ulab ro‘za tutish, ya’ni saharlik   qilmay, ro‘za tutish makruh, deyilgan…
Javob: «Ulab ro‘za tutish», deyilganda og‘iz ochish vaqtida og‘iz ochmay, ya’ni kunduzda ham, tunda ham hech narsa yemay-ichmay, jimo’ qilmay ro‘za tutish tushuniladi. Og‘iz ochish vaqtida og‘zini ochib, taom yeb, saharlikka turolmay ro‘za tutish «ulab tutish», deyilmaydi. Saharlikka tura olmagan kishi uyg‘onganida tong otgan bo‘lsa, hech narsa yemasligi va ichmasligi kerak. Yeb-ichsa, shu kuni ro‘za tutmagan bo‘ladi. Saharlikka tura olmagan kishi kunning yarmigacha Ramazon ro‘zasini  Alloh roziligi uchun tutishni ko‘nglidan o‘tkazsa, ro‘za tutishga niyat qilgan bo‘ladi. Umuman ro‘zaning niyati Alloh roziligi uchun ro‘za tutmoqlikni ko‘nglidan o‘tkazishdir.
“Dinda savolim bor” kitobidan olindi.


Категория: ISLOM VA DIN HAQIDA
Просмотров: 8197 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ro‘za
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное