10-o‘rin. “Havas” guruhi konserti
23-oktabrda “Havas” guruhining konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Bir kunlik dasturning eng arzon chiptasi 10 ming so‘m, eng qimmati esa — 40 mingdan.
9-o‘rin. “Sizga ta’zim, aziz ustozlar” gala-konserti
Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan 30-sentabrda tashkil etiladigan gala-konsertning eng arzon chiptasi 10 ming so‘mdan, eng qimmati esa 70 ming so‘mdan sotilmoqda.
7—8-o‘rinlar. “Million” qiziqchilar jamoasi konserti; qiziqchi Avaz Oxun konserti
So‘z ustalarining konsertlari uchun sotilayotgan chiptalarning eng qimmati — 80 ming so‘mdan. 15—18-sentabr kunlari bo‘ladigan “Million” konsertining eng arzon chiptasi 15 ming so‘m, Avaz Oxunning 17—20-noyabrdagi bo‘ladigan tomoshasiga eng arzon kirish chiptasi esa 10 ming so‘m.
6-o‘rin. Xonanda Bahrom Nazarovning konserti
Xonandaning 26—27-noyabr kunlari bo‘ladigan konsertga kirish narxi 8 ming so‘mdan boshlanib, 90 ming so‘mgacha yetadi.
5-o‘rin. Xonanda Ulug‘bek Rahmatullayevning konserti
Ulug‘bek Rahmatullayevning konserti 9—13-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Chiptalar narxi — eng arzoni 10 ming so‘m, qimmati — 120 ming.
3—4-o‘rinlar. Xonanda Jahongir Otajonov konserti; xonanda Botir Qodirov konserti
Xonanda Jahongir Otajonovning 28—29-oktabr kunlari bo‘ladigan jonli ijrodagi konserti va xonanda Botir Qodirovning 1—6-noyabr kunlari tashkil etiladigan dasturining chiptalari bir xil narxda sotilmoqda — eng arzon chipta 10 ming so‘m, eng qimmat chipta esa 150 ming so‘m.
2-o‘rin. “Mening Toshkentim” myuzikli
24-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan mazkur musiqiy tomoshaning eng arzon chiptasi 8 ming so‘mdan, eng qimmati esa 180 ming so‘mdan sotilmoqda.
1-o‘rin. Valeriy Meladze
Rossiyalik xonanda Valeriy Meladze faqat bir kun — 1-oktabrda jonli ijroda konsert beradi. Konsertga eng arzon chipta — 100 ming so‘m, eng qimmati esa 1,2 million so‘m.