“Malyorka”ning 2 nafar markaziy himoyachisi Pablo Ramon va Xavi Sintes faoliyatini “Real”da davom ettiradi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Manbada yozilishicha, Madrid klubi 17 yoshli futbolchilarni 1 million yevro evaziga sotib oldi.
O‘yinchilar mavsum oxiriga qadar “Malyorka” tarkibida to‘p suradi.
Sintes 17 yoshlilar o‘rtasida, Ramon esa 18 yoshlilar o‘rtasida Ispaniya terma jamoasi tarkibida maydonga tushadi.
2014-yilda “Malyorka” sobiq futbolchisi Marko Asensio ham shu tariqa “Real” tarkibidan joy olgandi.