O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyev 23, 24, 25, 26, 27 fevral kunlari konsert beradi.
Rayhon — bahorning ilk elchisi, qish ayozini o‘z harorati ila isitguvchi, o‘zbek shou-biznesining porloq yulduzi «Istiqlol» san’at saroyida 5 kun yog‘du sochadi!
An’anaga ko‘ra, yakkaxon konsertida Rayhon nafaqat qo‘shiq aytadi, balki mohir raqqosa va aktrisa sifatida ham o‘zini namoyon etadi. Ayni paytda, repitisiya jarayonlarida Rayhonni mohir raqqosa sifatida ham kashf qilishingiz mumkin.