O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida bolaligi haqidagi savolga kutilmagan javob qaytardi...
— Bilasizmi, ko‘pchilik bolalik eng baxtli davr deydi. Ammo men o‘zimning bolaligim haqida bunday deyolmayman. Chunki bolaligim baxtli va quvonchli bo‘lmagan. Shuning uchun ham u kunlarni eslashni istamayman...
Lekin 12 yasharligimda oyim menga kuchukcha sovg‘a qilganlari bugungacha yodimda. Uzoq vaqt orzu qilgan narsamga ega bo‘lganimdan rosa xursand bo‘lgandim...