Rani xayriya ishlari bilan ko‘p shug‘ullanadi. Masalan, 2005 yilda Nyu Dehlida bo‘lib o‘tgan konsertdan tushgan mablag‘dan Nogironlarga yordam berish milliy markaz jamg‘armasiga pul ajratdi. 2006 yilda esa o‘z tug‘ilgan kunini ko‘zi ojiz va nutq nuqsonlari bo‘lgan bolalar bilan birgalikda nishonladi. Bu nogiron bolalar Xelen Keller instituti talabalari bo‘lib, ular Raniga «Zulmat» («Black») filmidagi kar‑soqov Mishel roliga tayyorgarlik ko‘rishda yordam berishgan. Shuningdek, Rani «Kim millioner bo‘lishni istaydi?» ko‘rsatuvidagi gonorarining teng yarmini «Ilohiy Oila» shifoxonasiga ehson qiladi. Ranining fikriga ko‘ra, bu shifoxona Hindistonda eng ko‘p uchraydigan xastalik — bolalardagi yurak kasalliklarini davolash bilan shug‘ullanadi.