Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Ra’no Zokirova: taksi haydovchisining gaplari yuzimga shapaloq tushirilgandek bo‘ldi

“Vodiylik kelin”, “Shaytanat”, “Yodgor” kabi 20 dan ortiq filmlardagi takrorlanmas obrazlari bilan xalq mehrini qozongan samimiy aktrisa Ra’no Zokirova salomatlik va ayollar go‘zalligi borasidagi fikrlarini “Shifo-info” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi. 
Xususan, aktrisa hayotidagi unutilmas saboq haqida quyidagilarni so‘zlab berdi:
“O‘n yilcha avval kechki payt teatrdan nihoyatda charchab kelyapman. Taksi ushladim-u, tezroq uyga borib, dam olgim kelyapti. Shu payt haydovchi nuqul savollar berib, har xil narsalarni so‘rayapti. Manzilga yetib kelgach, kira haqini uzatganimda, ‘Yo‘q, rahmat, iszdan pul olmayman! Shu paytgacha barcha filmlaringizni tomosha qilib, oilaviy muxlislik qilar edik. Biroq hayotda umuman boshqacha ekansiz...’, desa bo‘ladimi? Uning tanbehi xuddi siz zaharga yaqinroq ekansiz, degan mazmunda tuyuldi. Uning gaplari yuzimga shapaloq tushirilgandek bo‘ldi. Bu menga juda qattiq ta’sir qildi. O‘sha voqea hanuzgacha xotiramda, qalbimda qolgan. To‘g‘ri, o‘shanda u muxlis bo‘lgani uchun juda bir samimiy savollarni yog‘dirgan edi. Lekin men ham tirik jonman. Mazam bo‘lmay, kayfiyatsizligimdan yoqimsiz javob bergandirman-da. Endi u qachon meni ekranda ko‘rsa, albatta xotirasida mening qo‘rsligim muhrlanib qolgan. Mana shu holat menga katta dars, saboq bo‘lgan”.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 7528 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Ra’no Zokirova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:22
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное