Hindistonning Jaypur shahriga yaqin hududda joylashgan Sariska qo‘riqxonasida yashovchi yo‘lbars qoplonni g‘ajib tashladi. Bu haqda “Dayonline.ru” xabar bermoqda.
Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, dastlab yo‘lbars va qoplon o‘zaro olishgan. So‘ng yo‘lbars qoplonning bo‘ynidan tishlab olgan va bir necha daqiqada g‘ajib tashlagan. Sayyohlik avtomobilida o‘tirgan sayyohlar bu manzaradan dahshatga tushishgan. Ularning ba’zilari esa jarayonni qo‘l telefonlari orqali videoga olishga ulgurishgan.