Qo‘l kaftidagi o‘zgarishlarga qarab ham tashxis qo‘yish mumkinmi?
Xalq tabobatida qo‘l kafti rangi, holati va ko‘rinishiga qarab tashxis qo‘yish usullari mavjud. Xususan:
Qo‘l kafti yuzasining tez-tez qizg‘ish tusga kirishi jigar faoliyatidagi o‘zgarishlardan darak berishi mumkin.
Agar qo‘l barmoqlarining uchi tez-tez qizarib tursa, me’da faoliyatiga diqqat qiling. Hazm qilish faoliyatida ham muammolar bo‘lishi mumkin.
Bosh barmoq yuzasining qizarib qolishi, jinsiy a’zolar salomatligidagi bezovtaliklarga ishora bo‘ladi.
Qo‘l kaftining ustki qismiga e’tibor qiling: barmoq suyaklari yuzasi jigarrang tusda bo‘lsa, o‘t pufagida o‘zgarishlar borligini bildiradi.
Qo‘l kafti rangi ola-bula tusda bo‘lsa, asab tizimi zo‘riqishiga ishora beradi.
Agar qo‘l kaftining ustki qismi tez-tez qichishib, quruqlashib borsa organizmda A va D vitaminlari taqchilligi yuzaga kelganini bilish mumkin.
Barmoq uchining «muzlab» qolishi qon aylanishining me’yorda emasligini anglatadi.
Barmoq uchi hatto qishda ham qizib ketsa, jigar faoliyati jiddiy xavfdan darak berayotgan bo‘ladi.
Gohida barmoqlar orasida «chumoli o‘rmalashi» kabi holat kuzatilsa, endokrin tizim faoliyatiga sergak bo‘ling. Ehtimol qalqonsimon bez faoliyatida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.
Qo‘l barmoqlarining uvishishi ayniqsa jimjiloq barmoq holati, yurak qon-tomir tizimi muammolariga ishoradir. Bordiyu bosh va ko‘rsatkich barmoqlarda uvishsa, nafas yo‘llaridagi bezovtaliklarga ahamiyat bering.