Toshkent shahar huquq-tartibotchilari tomonidan Qo'yliq bozori atrofida gashish savdosi bilan shug'ullanib kelgan shaxslar guruhi qo'lga olindi. Bu haqda “Ogoh” nashri yozmoqda.
Aytilishicha, 2014 yil dekabrida Mirobod tumani IIB JQ va UJQKB xodimlari hamkorligida o'tkazilgan “Qoradori 2015” tezkor tadbiri davomida Qo'yliq-1 dahasidagi “Sayxun” kafesi oldida Arsen Ambrosyan ismli shaxs qo'lida gashish moddasi bilan ushlandi.
O'tkazilgan tergov davomida u giyohvand moddani Shavkat Ergashev ismli shaxsdan olgani aniqlandi. Bu jinoyatchi ham qo'lga olinganida gashish moddasining asosiy etkazuvchisi – Fazliddin ismli shaxs hibsga olindi.
Ularning ishi sudda ko'rib chiqilib, tegishli choralar ko'rildi.