Musiqachi Devid Bouining jasadi faqatgina qarindoshlariga ma'lum bo'lgan maxfiy joyga qo'yildi, deya xabar qildi The Mirror.
Ko'milgan joyining ommadan yashirilishi qo'shiqchining vasiyatiga binoan amalga oshirilgan. U o'z qabrini muxlislari ziyorat uchun keladigan joy bo'lishini istamagan.
“Yaqin do'sti Freddi [Merkyuri] singari Devid ham o'ziga yodgorlik o'rnatilishini istamadi. U o'zini yodgorlik sifatida emas, balki hayotdagi intilishlari uchun esga olinishini istadi. Uning uchun eng muhimi ijodiy merosining qolayotgani edi”, - dedi musiqachining oilasiga yaqin axborot manbasi.
Nashr axborot manbasining so'zlariga ko'ra, Bouining hali e'lon qilinmagan ko'p miqdordagi ijod namunalari bor. Ular ko'p yillar davomida taqdim etiladi.
Bastakor, qo'shiqchi, aktyor va rassom Devid Boui 10 yanvar kuni o'zining 69 yillik yoshini nishonlagani va yangi Blackstar albomini chiqarganidan ikki kun o'tib vafot etdi.
Artist yarim yil davomida jigar saratoniga qarshi kurashdi.