Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

Qaynopamning makriga chuv tushdik...
— Biz yashab kelgan hovli qaynota-qaynonamning nomida edi. Erim oilada yagona o‘g‘il. Er-xotin birgalashib, hovlini ta’mirladik, imkon qadar epaqayga keltirib olgandik. Biroq qaynopam keksa ota-onasining ko‘zini shamg‘alat qilib, uyni o‘z nomiga rasmiylashtirib olibdi. «O‘zimni bolam-ku», deb ular ham qanday hujjatni imzolashayotganini bilishmagan. Hammasi oydinlashgach esa qaynopam oilasi bilan ko‘chib kelib, bizni uydan chiqarib yubordi. Hozir ijarada yashayapmiz. Vaholanki mening ham, erimning ham «propiska»miz o‘sha hovlida. Nega bizning roziligimizni olmay uyni o‘z nomiga o‘tkazib olgan? Yuzaga kelgan vaziyatda bizning ham biror haq-huquqimiz bormi?
Ismi sir tutildi.
Murojaatga advokat Nafisa IBRAGIMOVA javob beradi.
Eslatib o‘tamiz, mutaxassis izohi tavsiyaviy xarakterga ega.
 — Uy oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtirish yo‘li bilan qaynopangiz egaligiga o‘tgan bo‘lib, bunda uy ro‘yxatidagi doimiy yashovchilar, ya’ni sizlarning roziligingiz olinmagan holatda, oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas, deb topishni so‘rab fuqarolik sudiga murojaat etishingiz mumkin.
Ota-onangiz tomonidan uy qaynopangizga hadya qilingan yoki vasiyatnoma asosida qoldirilgan holatda ham siz oilangiz bilan uy     ro‘yxatida bo‘lganingiz uchun turar-joydan foydalanish huquqingiz saqlanib qoladi. Mazkur holatda ham, uyga kiritishni so‘rab fuqarolik sudiga murojaat etishingiz mumkin. 



Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 7671 | Рейтинг: 0| Рейтинг: chuv tushdik, makri, Qaynopa
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:11
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное