XAYRIYA KONSERTI O'ZBEK SAN'ATI NAMOYONDALARINI YANA EZGULIK
TAMANNOSI-LA BIRLASHTIRDI!
Barchamizga ma’lumki o’zbek xalqi azal-azaldan
mehr-muruvvat, oliyjanoblik, saxovat va oqibatli bo’lishdek yuksak fazilatlari
bilan nom qozongan. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat kabi ezgu xislatlar
ham xalqimiz qon-qoniga singib ketgan. kuni-kecha poytaxtimizdagi Olmazor
tumanida joylashgan "Urush va mehnat faxriylari uchun Respublika pansionatida
yoshi ulug’ otaxonu onaxonlar uchun Toshkent axborot texnologiyalari universiteti "Kamolot”YoIH boshlang’ich
tashkiloti tomonidan xayriya tadbiri tashkil etildi. Harakatning "Ezgu ishda
birgamiz!” loyihasi doirasida tashkil etilgan mazkur tadbir TATU
"Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakultetining faol talabalari tomonidan
"Qariyalarni qadrlash oliy saodat” shiori ostida uyushtirildi. Ma’naviy-ma’rifiy
dastur davomida "Sabo” vokal-cholg’u ansambli, "Shodlik” doirachilar guruhi,
shuningdek bir guruh el ardog’idagi san’atkorlar O’zbekistonda xizmat
ko'rsatgan artist Abdurashid Yo'ldoshev, "Nihol" mukofoti
sovrindorlari Gulasal Abdullayeva, Zakariyo Fanoiy, Sherzod BEK, xushovoz
xonandalar Vohidjon Isoqov, Jasur Mavlonov, Bobur Boymurodov, A'zam Xolyorov,
Jomiy Abdurahmonovlar o'z kuy-qo'shiqlari bilan tadbirga bayramona shukuh va
ko'tarinki kayfiyat bag'ishlashdi. Pansionatda o’zgalar parvarishiga muhtoj
yolg’iz keksalar, faxriylarga sovg’a-salomlar ulashildi.