Putin Eronga OPЕKning gaz bo'yicha sammitiga boradi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eronda 23 noyabrda bo'lib o'tadigan OPЕKning gaz bo'yicha sammitiga boradi. Bu haqda Putin yordamchisi Yuriy Ushakov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
“Biz gaz eksportchi davlatlari forumining uchinchi sammitida ishtirok etishga tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Sammit 23 noyabrda Tehronda bo'lib o'tadi va Vladimir Putin u erga boradi”, deb aytdi Ushakov.
Ushakovning aytishicha, sammit davomida Putin ishtirokida bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar bo'lib o'tishi mumkin.
O'z navbatida Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak TASS axborot agentligiga sammit uchun maxsus materiallar tayyorlanayotgani ma'lum qildi, biroq ularning mazmunini oshkor etmadi.