Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Pullar va biznesni qanday boshqarish kerak?

Yozuvchi va biznesmen Deyv Skulzga Chrysler, Boeing, Alibaba va General Motors kabi yirik kompaniyalarga maslahat berib kelgan shaxs bilan suhbatlashish nasib etdi. U Skulzga o‘z biznesi, pullarini boshqarishiva muvaffaqiyati haqda so‘zlab berdi.
Deyv Skulzning suhbatdoshi unga suhbatning boshidayoq ismini oshkor etmaslikni iltimos qildi. Deyv buni amalga oshirdi. Shu bois biz noma’lum suhbatdoshni X deb ataymiz. X ISO 9000 da auditor bo‘lib ishlaydi. Turli vaqtlarda Fortune 500 ro‘yxatiga kiruvchi GM, Chrysler, General Electric, Alibaba kabi kompaniyalarga maslahat berib turadi.
X orttirgan bilimlarini o‘z biznesini shakllantirishga yo‘naltiradi. U BMX ning bir qancha do‘konlarini, skeytbordlarni, lombardlar tarmog‘ini, konsalting agentliklarini, musiqa do‘konlarini va ko‘chmas mulk agentliklarini yuritadi.
Bir qarashda o‘nlab shaxsiy kompaniyalar uning vaqtini olib qo‘yadigandek tuyuladi, aslida esa unday emas. X o‘z oilasi bilan qimmat yaxtasida tez-tez sayr etib turadi. Deyv X bilan fermer restoranida ko‘rishdi, milliarder esa unga bir qancha foydali maslahatlar berdi.
Daromad manbaini ajratib qo‘yish kerak
Agar siz mening o‘nlab biznesimdan birini kuzatsangiz, hayron bo‘lmasdingiz. Chunki u bir qarashda o‘rtacha oilani boqa oladigan ishdek tuyuladi.
Startaperlar birdaniga olamshumulish qilishni istashadi. Oradan bir yil o‘tib yuz minglab mijozlari bo‘lishini xohlashadi. X hech qanday olamshumul ish qilmaydi, ammo uning biznesi har yili millionlab dollar olib keladi.
Sherik izlamang
Agar o‘zingiz biznes boshlamoqchi bo‘lsangiz, sherik izlamang. Qancha ko‘p sherik bo‘lsa, pirogni shuncha ko‘p bo‘lakka bo‘lishga to‘g‘ri keladi. Qancha ko‘p sherik bo‘lsa, diqqatingizni jamlashga shuncha qiynalasiz. Qancha ko‘p sherik bo‘lsa, har qanday vazifani shuncha uzoq bajarasiz. Turli xil vazifalarni mustaqil bajarishga harakat qiling.
Bozorni o‘rganing
Mening har bir biznesimning o‘z kichik bozori bor. Ular San-Fransiskoda, Parijda yoki Nyu-Yorkda joylashgan. Bir narsaga e’tiborini qaratdim, kichik bozorlar bir necha yil oldin katta bozorlar bo‘lishgan. Shu bois katta shaharlarda mahsulotni kichik bozorlarga emas, katta bozorlarga olib kirish kerak. Oradan bir necha yil o‘tishi mumkin, ana shundan so‘ng tovarlar xuddi qaynoq somsalardek sotilib ketadi.
Avval qaysi tovarni sotishingizni aniqlashtirib oling, ana undan so‘ng birinchi do‘koningizni oching.
Kimni yollasangiz, o‘shandan ehtiyot bo‘ling
X ning ko‘p xodimlari uning turli bizneslarida bir vaqtning o‘zida faoliyat olib borishadi. Har biriga turli yumushlar yuklatilgan. Masalan, kassir qiz bo‘sh vaqtida SMM bilan shug‘ullanadi.
X erkin insonlarni qidiradi. Unga mas’uliyatli va kerak bo‘lsa o‘zi mustaqil qaror chiqara biladigan odamlar yoqadi. Bu unga ko‘plab sayohatlarga chiqishga imkon beradi, chunki xodimlari uning qo‘llab-quvvatlashisiz ham ishni do‘ndirishadi.
— Ziyofatlar uyushtirishni unutmang, — deb qo‘shimcha qiladi X. — Biz bunday joylarda g‘oyalar qo‘rshoviga tushib qolamiz, mukofotlar olamiz va maza qilib o‘yin-kulgu qilamiz.
Omadli biznesni qanday boshlasa bo‘ladi?
Bu borada X ning konsepsiyasi qo‘yidagicha:
Mijozga sifatli xizmat va sifatli mahsulotni ko‘rsating.
Muvaffaqiyatli bo‘lish — butun yer yuzini o‘zgartirib yuborish degani emas. Muvaffaqiyatli bo‘lish — mijozning ehtiyojini topa bilish va uni sifatli qondirishdir.
Ishni biror nima sotishdan boshlang. Shunga amin bo‘lingki, mahsulot sifatli bo‘lsin. Agar bu xizmat bo‘lsa, unda kompaniyangizni noyob qiladigan qo‘shimcha qiymatlar bo‘lsin.

 
Sarvar Anvar o‘g‘li tayyorladi 


Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 4666 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Pullar va biznes
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:48
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное