Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Muhabbat tafti - Meri Aankhon Mein
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Qaqnus - Mal De music
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
Главная » Файлы » PSIXALOGIYA, OILA

Psixologik test: Hayotda samimiymisiz?


Atrofingizdagilar bilan har qanday vaziyatda ham samimiy bo‘la olasizmi? Aslida o‘z fe’l-atvoringizning nechog‘lik tabiiy, soxta yoki samimiylik bilan orolangani o‘zingizga ham qiziq bo‘lsa kerak? Ushbu test ana shu jihatingizni bilib olishingizda sizga yordam berishi mumkin.

1. Do‘stlaringiz kutilmaganda uyingizga tashrif buyurishdi. Siz…

a) ularni ko‘rib chin ko‘ngildan sevinasiz;

b) kutilmagan tashrifdan jahlingiz chiqadi, ammo sezdirmaysiz;

v) kutilmaganda kelganini hazilomuz eslataverasiz.

2. Yaxshi tanish bo‘lmagan insonga qarz berib turasizmi?

a) albatta;

b) qaytarishiga ishonch hosil qilsam ham o‘ylab ko‘raman;

v) yo‘q.

3. Do‘stlaringizga tez-tez chiroyli maqtovlarni aytib turasizmi?

a) ha;

b) bundan o‘zimni baxtiyor sezaman;

v) yo‘q.

4. Biror kishidan yordam so‘ragani istixola qilmaysizmi?

a) ming andisha bilan iymanib so‘rayman;

b) iloji boricha so‘ramaslikka harakat qilaman;

v) yo‘q.

5. Aybsizligingizni isbotlash uchun aybni boshqa birovga qo‘ya olasizmi?

a) yo‘q, bu ish qo‘limdan kelmaydi;

b) vaziyatga qarayman;

v) ha, asosiysi, mening aybdor emasligimga ishonishsa bo‘ldi.

Keling endi natijalarni tahlil qilib ko‘raylik. Agar sizning tanlovingizda “a” variantdagi javob ko‘p bo‘lsa, siz samimiy insonsiz. Do‘st va yaqinlaringizni qadrlaysiz. Ular bilan maslahatlashib ish tutasiz.

Javobingizda “b” variant ko‘p bo‘lsa, u holda siz munosabatlarda doimo masofa saqlaysiz. Har qanday vaziyatda ehtiyotkorsiz.

Tanlagan fikrlaringizda “v” variant ko‘proqmi? Demak, sizni atrofdagilar bilan munosabatingiz u qadar yaxshi emas. O‘zgalar fikri bilan hisoblashmaysiz.

Hayotda do‘stlaringiz, sizni qo‘llaguvchi insonlar ko‘proq bo‘lsin desangiz, atrofingizdagilarga munosabatingizni o‘zgartiring.

Ozodaxon OLIMOVA tayyorladi.



Категория: PSIXALOGIYA, OILA
Просмотров: 8898 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Psixologik test, Hayotda samimiymisiz?
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:36
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное