Pressy deb nomlangan yangi gadjet yordamida smartfoningizdan yanada osonroq foydalana olishingiz mumkin. Uni quloqchin (naushnik) uchun mo‘ljallangan portga ulab qo‘yish va bepul Pressy dasturini o‘rnatish kifoya. Shu bilan smartfoningizga yangi tugma kiritgandek bo‘lasiz va u bilan bir necha xil amallarni darhol bajarish mumkin.
Pressy — bosish mumkin bo‘lgan tugma bo‘lib, uni turli kombinatsiyalarda bosib (masalan, bitta qisqa + ikkita uzun yoki uchta qisqa + bitta uzun) turli amallarni bajarish mumkin.
Quyida uning ba’zi imkoniyatlari bilan tanishing:
Tezkor suratga olish
Ovoz yozishni yoqish
Telefon sozlamalarini o‘zgartirish
Vspishkani yoqish va o‘chirish
Ijtimoiy tarmoqlarni tekshirish
Telefon qo‘ng‘irog‘ini yozib olish
Xavfli vaziyatlarda manzilni kimgadir jo‘natish
Wi-fi/Bluetooth’ni yoqish
Barcha ishlab turgan dasturlarni vaqtincha o‘chirib qo‘yish
… va smartfoningiz qila oladigan boshqa hamma narsa
Uning smartfondan chiqib turish uzunligi atigi 0,7 millimetrni tashkil qiladi. Shu sababli, foydalanishda ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Quloqchinlaringizda musiqa eshitishni xohlab qolsangiz ham Pressy dasturi ishlayveradi. Faqat, Pressy tugmasi o‘rnida quloqchin media–tugmasidan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Pressy’ni sotib olganingizdan so‘ng, tekinga Pressy dasturini smartfoningizga o‘rnating. Shundan keyin kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan amalni shu dastur yordamida belgilab qo‘yasiz. Zarur paytda Pressy tugmasini bossangiz, o‘sha belgilangan amal ishga tushadi.